Bugun, 4 iyun kuni Sergeli tumani, «Jun ariq» mahallasidagi 9 ta xonadon va 3 ta ishlab chiqarish korxonasi hududiga suv toshishi kuzatilgan.
Holat Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan zudlik bilan o‘rganilgan va bartaraf etishga kirishilgan. Tegishli xizmatlar tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayni paytda suv toshqini to‘liq bartaraf etildi. Buning uchun Favqulotda vaziyatlar boshqarmasidan 9 ta maxsus texnika, 7 ta suv tortish moslamasi, «Toshkent shahar suv ta’minoti» korxonasian 2 ta vodovoz hamda Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasidan 2 ta vodovoz jalb etildi.
Aniqlanishicha, mazkur holat Toshkent viloyati Bo‘zsuv irrigasiya tizimlari boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarini ham ogohlantirmasdan Sergeli tumani, «Jun ariq» MFYdan oqib o‘tuvchi Jun kanalining hamda Chilonzor tumani, Seul ko‘chasidagi Bo‘rijar kanalining suv olish inshootlari noma’lum sabablarga ko‘ra yopilganligi hamda Salar kanaliga to‘liq suv ochilganligi oqibatida yuzaga kelgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 186-1-моддаси (этил спирти, алкоголли маҳсулот ва тамаки маҳсулотини қонунга хилоф равишда муомалага киритиш ёки ишлаб чиқариш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.
АҚШ президенти Доналд Трамп Хитойнинг унга нисбатан жорий қилинган тарифларга жавоб чораларини қоидаларни бузиш деб атади. Унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .
АҚШ президенти Доналд Трамп дунёнинг аксарият мамлакатлари импортига бож солганидан сўнг, унинг шахсий бойлиги 500 млн долларга қисқарди, деб ёзди Forbes.
Доналд Трамп 9 апрел кунидан бошлаб Хитой товарларига қўшимча божлар жорий этиш билан таҳдид қилди Унинг айтишича, бу Вашингтоннинг Хитой импортига божларни ошириши сабаб Пекин томонидан жорий қилинган АҚШ импортига қўшимча 34 фоизлик божларга жавоб бўлади.