Toshkentdagi kanallarda ikki kishi cho‘kib ketdi

Toshkentdagi kanallarda ikki kishi cho‘kib ketdi

Kuni kecha Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi 16 yoshli yigit Toshkent shahrining Olmazor tumanidan oqib o‘tuvchi Damashi kanalida cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda Zamon dasturi.

FVV matbuot kotibi Samandar Hikmatullayevning so‘zlariga ko‘ra, yigit qo‘llarini kanal suvida yuvmoqchi bo‘lganida, bexosdan tushib ketgan. Guvohlar zudlik bilan voqea to‘g‘risida qutqarish xizmatiga xabar berishgan.

«Toshkentda suvda cho‘kish holatlari ko‘pincha boshqa viloyatlardan kelgan — talabalar yoki shu yerda ishlash uchun kelgan fuqarolar bilan sodir bo‘ladi. Buning sabablaridan biri hududning tabiiy geografiyasini yoki suv chuqurligini bilmaslikdir», — dedi FVV matbuot xizmati rahbari.

Shuningdek, Bo‘zsu kanalida cho‘kib ketgan yana bir fuqaro haqida xabar berildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak cho‘kayotgan qizni ko‘rganida, o‘zini suvga tashlagan. Qiz qutqarib qolingan, biroq erkakning o‘zi suvdan chiqa olmagani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!