Toshkentdagi do‘konlarda "kannabis" ta’mli energetik ichimlik sotilayotgani aytildi

Toshkentdagi do‘konlarda "kannabis" ta’mli energetik ichimlik sotilayotgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentdagi do‘konlarda qutisida “noodatiy” rasmi bor va Kannabis ta’mli energetik ichimlik sotila boshlandi” xabarlar tarqaldi.

‼️ Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan Chexiyada ishlab chiqarilgan Respublikamizga “ALL TRADE AT” MCHJ tomonidan olib kelingan “SoStoned” nomli 330 millilitrli energetik ichimligi mahsulotiga sanitariya-gigiyenik, bakteriologik, parazitologik va radiologik tekshiruvlardan so‘ng (olib kelingan partiyasiga) sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib berilgan.

📌 “SoStoned” nomli energetik ichimligi qadog‘ida tarkibida suv, shakar, limon kislotasi, sitrat natriy, taurin, kofein, kanaplya ta’mini beruvchi aromatizatorlar, rang beruvchi karamel, vitamin V2, V6, V12 va pantoten kislotasi borligi ko‘rsatib o‘tilgan.

✅ Laboratoriya tekshiruv natijalariga ko‘ra, “SoStoned” nomli energetik ichimlik tarkibida xavfsizlik ko‘rsatkichi hisoblangan zaharli yoki inson salomatligi uchun zararli moddalar aniqlanmagan.

‼️ Respublikamiz hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya etgan holda olib kirilgan mahsulotning har bir partiyasiga laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib beriladi.

✅ Ushbu mahsulot O‘zbekiston Respublikasiga 2023 yilning noyabr oyidan buyon bojxona orqali rasmiylashtirib olib kirilayotgangan bo‘lsada, bugungi kunga qadar mahsulotning sifatsizligi yoki uni iste’mol qilish oqibatida zaharlanganlik to‘g‘risida murojaat va arizalar kelib tushmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!