Toshkentda yuz bergan bir guruh fuqarolar janjali yuzasidan ma’lumot berildi

Toshkentda yuz bergan bir guruh fuqarolar janjali yuzasidan ma’lumot berildi

Toshkentda lo‘lilar ishtirokida ommaviy janjal yuz bergani haqida xabarlar tarqalgandi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 16 iyun kuni taxminan soat 21:00 larda Bektemir tumani “Chashma” mahallasida istiqomat qiluvchi bir-biriga qo‘shni bo‘lgan fuqarolar o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan.

Natijada ikki nafar fuqaro yengil darajadagi jarohat olgan. Janjalni ko‘rgan boshqa fuqarolar ularni ajratgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!