Toshkentda yuk mashinasi avariyaga uchradi

Toshkentda yuk mashinasi avariyaga uchradi

Hodisa bugun, 19 avgust kuni soat 14:30 larda Yangihayot tumani KXAY ko‘chasida yuz bergan. 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi HOWO rusumli tirkamali yukmashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan.

YTH natijasida haydovchi tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!