Toshkentda yagona transport kartasi pulli bo‘ldi

Toshkentda yagona transport kartasi pulli bo‘ldi

Joriy yilning 1 dekabridan boshlab "Avtomatlashtirilgan transport to‘lov operatori" (ATTO) kompaniyasi tomonidan yagona transport kartasini 5000 so‘m narxida sotish aksiyasi tugatildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 1 dekabrdan boshlab shahardagi oylik yo‘l chiptalari sotish shoxobchalarida "Avtomatlashtirilgan transport to‘lov operatori" transport kartasining bahosi 15 000 so‘m deb belgilandi.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu miqdorga quyidagilar kirishi nazarda tutilgan:

  • karta narxi - 10 000 so‘m;
  • karta balansida - 5000 so‘m.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!