Toshkentda uy quruvchi MCHJ rahbari odamlar bilan soxta shartnomalar tuzib, 40 mlrd so‘mni o‘zlashtirdi

Toshkentda uy quruvchi MCHJ rahbari odamlar bilan soxta shartnomalar tuzib, 40 mlrd so‘mni o‘zlashtirdi

Yashnobod tumanidagi uy-joy bilan bog‘liq firibgarlik sodir qilinganligi haqidagi maqolada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, "Z.G." MCHJ rahbari A.A. xonadon sotib olish istagini bildirgan 23 nafar fuqarolar bilan soxta oldi-sotdi shartnomalari tuzib, fuqarolarning jami 4 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, qurilishni tugatmasdan, xonadonlarni fuqarolarga rasmiylashtirib bermasdan, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organiga yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!