Toshkentda "Tesla" va "Cobalt" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda "Tesla" va "Cobalt" ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida "Tesla" va "Cobalt" mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 6 avgust kuni soat 8:30 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchilar:

  • 1990 yilda tug‘ilgan N.N. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli transport vositasi;
  • 1977 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi «Tesla» rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!