Toshkentda qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda qarindoshining pasportini yoqib yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Olmazor tumnai ichki ishlar organlariga 45 yoshli Ravshanbek T. murojaat qildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 21 noyabr kuni jiyani 28 yoshli Sanjar T. janjal oqibatida uning pasportini gaz plitasida yoqib yuborgan. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 227 moddasi (“Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!