Toshkentda qancha aholi doimiy yashaydi?

Joriy yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida doimiy aholi soni 2 million 999 ming 500 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda shahar statistika boshqarmasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Shundan:
• erkaklar soni – 1 mln 471 ming 700 kishi;
• ayollar soni – 1 mln 527 ming 800 kishi.
2023 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni Olmazor tumanida bo‘lib, 395 ming kishini tashkil etdi. Eng kam aholi soni Bektemir tumanida – 55,7 ming kishini tashkil etgan.
Hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi:
• Olmazor tumanida – 395 ming kishi;
• Yunusobod tumanida – 366,9 ming kishi;
• Shayxontohur tumanida – 360,5 ming kishi;
• Mirzo Ulug‘bek tumanida – 323,1 ming kishi;
• Uchtepa tumanida – 293,5 ming kishi;
• Yashnobod tumanida – 289,4 ming kishi;
• Chilonzor tumanida – 271,9 ming kishi;
• Sergeli tumanida – 162,3 ming kishi;
• Yangihayot tumanida – 161 ming kishi;
• Mirobod tumanida – 150,1 ming kishi;
• Yakkasaroy tumanida –126,9 ming kishi;
• Bektemir tumanida – 55,7 ming kishi.