Toshkent yana bir bor og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, deya xabar berdi Milliy olipmiya qo‘mitasi.
Bugun Qatarda og‘ir atletika bo‘yicha Gran-pri turniri boshlandi. Parij-2024 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Musobaqaning birinchi kunida Jamila Panfilova ishtirokini boshlaydi. -49 kg vazn toifasiga ega atlet “V” guruhida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Qayd etilishicha, turnirdan avval Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yaqin vaqt ichida o‘tadigan yirik musobaqalarga mezbon davlatlar belgilab olindi.
“Toshkent shahri 2025 yil yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritdi. 2018 yil ham yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati poytaxtimizga ishonib topshirilgan va musobaqa yuqori saviyada o‘tkazilgan edi”, — deyiladi xabarda.
2026 yilga belgilangan kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi esa Xitoyning Ninbo shahrida o‘tadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati 2024 yil Bahrayn, 2025 yil Norvegiyada tashkil etiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Исроил “Ам Калави” операцияси доирасида Эрон ҳудудида махфий дрон (БПЛА) базасини яратди. Israel Hayom нашрининг хабар беришича, “Ам Калави” операцияси бир неча йиллар давомида тайёрланган.
Исроил хавфсизлик хизматлари вакилининг "Fox News"га билдиришича, махсус чоралар орқали улар Эрон қўмондонлари ҳақида кўпроқ маълумот тўплаб, бу маълумотлар асосида уларнинг ҳаракатини бошқаришга муваффақ бўлишган.
Исроилнинг Эронга ҳаво ҳужуми уюштирганидан кейин минтақадаги хавфсизлик хавотирлари кучайгани учун Туркия бир қатор давлатларга парвозларни вақтинча тўхтатди.
Халқаро атом энергияси агентлиги (МАГАТЭ) маълумотига кўра, Фордо уранни бойитиш корхонаси ва Исфаҳондаги ядровий объект Исроил зарбаларидан талафот кўрмаган.