Toshkentda Matiz yo‘l o‘rtasidagi beton ustun bilan to‘qnashdi

Toshkentda Matiz yo‘l o‘rtasidagi beton ustun bilan to‘qnashdi

Toshkent shahar Shayxontohur tumani Ibn Sino ko‘chasi “Quvvat” kafesi qarshisida 19 iyun kuni soat 16:30 larda Matiz yo‘l o‘rtasidagi beton ustun bilan to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2005 yilda tug‘ilgan R.J. avtomashinasini boshqarib kelayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan.

Hodisa oqibatida haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!