Toshkentda “Malibu-2”, “Lacetti” va elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda “Malibu-2”, “Lacetti” va elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 5 iyun kuni soat 10:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli - Glinka ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti”, 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Malibu-2” va 1970 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan “Yutong” elektrobusi ishtirokida to‘qnashuv kuzatilgan.

YTH oqibatida “Malibu-2” avtomashinasi haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!