Toshkentda kran haydovchisining o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda kran haydovchisining o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2023 yil 02 fevral kuni soat taxminan 10:50larda Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida joylashgan “Zarkent ota” ziyoratgohi ro‘parasida soy ustida ko‘prik qurilishida ishlayotgan “Yo‘l qurilish” MCHJda kran haydovchisi bo‘lib ishlab kelgan Toshkent viloyati, Bo‘stonlik tumani, Tovoqsoy qo‘rg‘oni, Ilashov ko‘chasi 16-uyda yashovchi 17.06.1985 yilda tug‘ilgan Ametov Salim Ayderovich boshqarayotgan yuk krani ko‘prik uchun mo‘ljallangan beton plitani ko‘tarayotgan vaqtda, kran ag‘darilishi natijasida ushbu kran boshqaruvchisi S.A.Ametov tan jarohati olib Parkent tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Parkent tumani tibbiyot birlashmasining №64-sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra S.A.Ametovning tanasida BMCH, BMYOJ, umurtqa pog‘onasi ko‘krak bel qismi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, ko‘krak qafasi qorin to‘mtoq jaroxati, o‘ng tomon pnevmotoraks, travmatik shok kabi tan jarohatlari borligi aniqlanib, olib borilgan tibbiy yordam muolajalariga qarmay S.A.Ametov olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB xuzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan №272491/2023-16HA-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Parkent tumani IIB huzuridagi

TB boshlig‘i podpolkovnik J.M.Yakubov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!