Toshkentda kecha harbiy texnikalardan birida yong‘in chiqdi

Toshkentda kecha harbiy texnikalardan birida yong‘in chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 14 yanvar Vatan himoyachilari kunida Xalqlar do‘stligi saroyi yonida harbiy texnikalardan biri yonib ketgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi.

Ta’kidlanishicha, yong‘in 13 yanvar kuni soat 22:20 da 14 yanvar kuni harbiy texnikalar ko‘rgazmasiga olib kelingan yengil zirhli avtomashina salonidagi qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. Eng qisqa vaqt ichida yong‘in to‘liq o‘chirildi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!