Toshkentda jadidlar faoliyatiga doir xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

A A A
Toshkentda jadidlar faoliyatiga doir xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda


Joriy yilning 11-12 dekabr kunlari Toshkentda «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Yirik amaliy anjumanda o‘zbekistonlik olimlardan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya Federasiyasi, Vengriya, AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Shvesiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan kelgan taniqli olim va ekspertlar ishtirok etmoqda. Konferensiya o‘z oldiga jadidchilik davrida xotin-qizlar faolligi masalalari, Turkiston jadidchiligining chet elda o‘rganilishi, shuningdek, bugungi kunda jadidlar hayoti va faoliyatini o‘rganishdagi istiqbolli rejalarni maqsad qilib qo‘ygan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Murojaatni O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi – spichrayter Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi. Shavkat Mirziyoyev konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o‘z qimmati va ahamiyatini hamon yo‘qotmasdan kelayotgan boy merosini Turkiy tilli davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli xorijiy olimlar bilan birgalikda teran tadqiq va targ‘ib etish zarurligini qayd etdi.

— O‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen bo‘lgan jadidchilik g‘oyasining shakllanishi va taraqqiyotiga doir dunyoning bir qator mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan bo‘lsada, ushbu harakat namoyandalarining Markaziy Osiyo hududida milliy davlatchilik va mintaqaviy o‘ziga xoslikni, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasini konseptual va tizimli asosda atroflicha o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda, — deyilgan Prezidentning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida.

Shuningdek, anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirokchilarni qutlab, chiqish qildi. Turli mamlakatlardan konferensiyaga tashrif buyurganlarga minnatdorchilik bildirib, mamlakatimiz uchun eng muhim mavzulardan biri – millat ta’lim-tarbiyasi masalasini muhokama qilish va O‘zbekistonda jadidlar boshlagan ishlarni davom ettirish vaqti allaqachon yetib kelganini ta’kidladi.Jadidchilik dastlab 19-asrning 80 yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar o‘rtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari ko‘pincha o‘zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. O‘sha davrning ilg‘or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat e’tibori bilan avvalo siyosiy harakat edi.

— Bugungi kunga unchalik ham oson kelmadik, — deydi Buxoro Xalq Respublikasi yetakchilaridan biri bo‘lgan Usmon Xo‘ja o‘g‘lining zurriyoti Temur Xo‘ja o‘g‘li. — Albatta, bugun bizlar nima qilsak ham jadidchi bobolarimizning o‘z qonlari va jonlarini fido qilib bugungi G‘arbiy Turkistonda, Ozarbayjonda hamda Turkiyada mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishidagi hissasini o‘tay olmaymiz. Jadidchi bobolarimiz bugungi mustaqil davlatlarning tuzilishini bundan bir yarim asr oldin ko‘rgan va bunga erishish uchun kurashgan edilar. Buning yaqqol misolini o‘zimdan aytsam, mening dadam jadidchi Usmon Xo‘ja 1968 yil 28 iyulda vafot etishidan bir kun oldin menga shu so‘zlarni aytgan edi: O‘g‘lim, men senga mol-mulk, qo‘sha-qo‘sha boylik qoldirmadim, men senga faqat Turkiston degan vatan hasrati qoldirib ketyapman. Lekin bugun mustamlaka bo‘lgan bu yurtimiz yaqin bir kelajakda mustaqil va erkin davlat bo‘ladi, bunga ishonaman. Biroq men u mustaqillik kunlarini ko‘rolmayman, ammo sen yurtimizning mustaqilligini albatta ko‘rasan. Sen ko‘rayotganda mening ko‘zlarim bilan ham qara!

Halok bo‘lib, mozorlari, qabrlari bo‘lmagan jadidchilar orasida eng uzoq yashagan 90 yoshli Usmonxo‘janing ko‘zlarini yumishidan oldingi oxirgi so‘zlari mana shular edi. Yolg‘iz Usmon Xo‘ja emas, Ismoilbek Gasprinskiydan boshlab barcha jadidchilar mustaqillik, erkinlik, ma’rifatchilik ishonchi bilan, o‘z yurtlariga bo‘lgan cheksiz muhabbat bilan, ayniqsa, hozirgi va kelajakdagi barcha yosh avlodlarga o‘zlarining buyuk g‘oyalarni meros qoldirib ketdi.

Turkistonni o‘rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitusiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo‘shin tuzish jadidlarning oldiga qo‘ygan rejalari edi.

Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.

— Ishonchim komilki, bu konferensiya albatta jadidlar, jumladan, mening bobom Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodida yangi sahifa ochadi, — deydi Mahmudxo‘ja Behbudiyning nevarasi Shohruhxon Behbudiy. — Jadidlarning g‘oyalarini o‘z davrida ko‘pchilik tushunib yetmadi. Ularning maqsadlari shu xalqni ma’rifatli qilish, ozodlikka, mustaqillikka erishish edi. Men o‘ylaymanki, o‘sha davrdagi haqiqiy vatanparvarlar jadidlar edi. Chunki ko‘pchiligi o‘zlarini, oilasini o‘ylamasdan o‘z hisoblaridan maktablar, kutubxonalar, nashriyotlar ochdi. Maktablar uchun kitoblar yozib, xalqqa tekinga tarqatishdi. Teatr tashkil qilib, pyesalar yozishdi. Bularning zamirida xalqni uyg‘otish, qoloqlikdan olib chiqish yotardi. Biz bobomizni kech tanidik, xabaringiz bor, Sobiq Ittifoq davrida jadidlarga oid bo‘lgan hamma qatag‘on qilinib, ko‘pchiligi otilgan, o‘ldirilgan. Solijon Qosimov, Naim Karimov, Begali Qosimov, Habib Said, samarqandlik adib Nusrat Rahmat hamda boshqa ko‘plab olimlar sa’y-harakati orqali biz Behbudiyning aslida buyuk jadidchi ekanligini bilib oldik.

Jadidchilikni shakllantirishda ko‘plab millat ziyolilari faol qatnashgan. Jamiyatni o‘rtaasrchilik illatlari, madaniy qoloqlik va mustamlaka zulmidan, xurofotdan ozod qilish, xalqni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlatchilik asoslarini bunyod etish jadidchilik harakatining asosiy maqsadi edi.

Turkiston jadidlarini o‘z g‘oya-fikrlarini amalga oshirish uchun albatta, bilimli, malakali mutaxassis yoshlar kerak bo‘lgan, — deydi filologiya fanlari doktori, professor Zaynobiddin Abdurashidov. — Shu sababdan 1910-13 yillardan boshlab turkistonlik yoshlar xorijga maqsadli o‘qishga yuborila boshlandi. Buni Turkiyadagi Buxoro maorif jamiyati faoliyatida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bu jamiyatni quruvchilar sifatida Usmon Xo‘ja o‘g‘li, Abdurauf Fitrat va boshqa buxorolik jadidlar tilga olinadi. Bu jamiyatning asosiy maqsadi nafaqat Buxoro uchun, balki butun Turkiston uchun kadrlarni xorijda yetishtirish va yurtga qaytarib jo‘natish hamda o‘ylangan g‘oyalarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish uchun katta bir xizmat ko‘rsatgan edi. Bundan tashqari jadidlar asosiy g‘oyalarini qayerdan olishgan? Albatta, sayohat! Sayohat u davrda yangi bir bilimga ega bo‘lishning vositasi sifatida qaralgan. Yevropaga, Eronga, Turkiyaga, Misrga borish u yerdagi ajoyibotlarni ko‘rish emas, ilg‘or fikrli odamlarning tajribalarini o‘rganish, aloqalar o‘rnatish va shu orqali Turkistonda ham ana shu davlatlarda amalga oshirilayotgan ishlarni, tajribani qo‘llab ko‘rish edi.

Hozirgi davrga kelib, jadidchilik ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida e’tirof etildi, uning xizmatlari tan olindi. Jadid adabiyoti milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida baholanib, o‘nlab kitoblar, turli asarlar nashr etilmoqda, ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Uchinchidan, keyingi yillarda asrlar davomida orzu qilingan, jadidlar ham intilib kelgan ezgu g‘oyalar amalga oshmoqda, yurtimizda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish imkoni paydo bo‘ldi.

Konferensiya 12 dekabr kuni o‘z ishini davom ettiradi. Unda bir vaqtning o‘zida sessiyalardagi muhokamalar, shuningdek, yoshlarni jalb qilgan holda, keng auditoriya uchun ochiq panel sessiyalarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.