Toshkentda ikkilamchi uylar narxi pasayib, yangi uylar narxi qimmatlashmoqda

Fevral oyida ko‘chmas mulk bozorida savdolar yanvar oyiga nisbatan 12 foizga pasayib, o‘tgan yilga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy narxi 0,3 foizga pasayib, birlamchi uy-joy narxi 2,5 foizga oshdi.
Fevral oyi natijalari:
🔹 Ikkilamchi uylar narxi 0,3% ga tushdi,
🔹 Birlamchi (yangi) uylar narxi 2,5% ga oshdi.
Eng katta pasayish:
🔻 Mirzo Ulug‘bek (-8,5%)
🔻 Chilonzor (-6,9%)
🔻 Yashnobod (-6,6%)
Yangi uylarda pasayish:
📉 Uchtepa va Shayxontohur (-10,1%)
📉 Mirobod (-9,1%)
📊 Ijara bozori:
✔️ Ijara narxi 0,8% ga pasayib, 8$ / m² ni tashkil etdi.
Eng qimmat tumanlar: Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy (10$ / m²)
Eng katta pasayish:
🔻 Yunusobod (-13,7%)
🔻 Chilonzor (-12,5%)
🔻 Olmazor (-12,2%)