Toshkentda har ikki yilda bir marta xalqaro teatr festivali o‘tkaziladi

Toshkentda har ikki yilda bir marta xalqaro teatr festivali o‘tkaziladi

Hukumat qarori (235-son, 23.04.2021 y.) bilan «Evroosiyo» xalqaro teatr san’ati festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, festival 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktyabr oyining so‘nggi o‘n kunligida Toshkent shahrida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning teatr jamoalari ishtirokida tashkil etiladi.

Mazkur festival yillar kesimida teatr san’atining aniq bir janr va yo‘nalishlarida quyidagi ketma-ketlikda o‘tkaziladi:

- dramatik teatrlar festivali (birinchi marta);

- musiqali teatrlar festivali (ikkinchi marta);

- qo‘g‘irchoq teatrlari festivali (uchinchi marta);

- yosh tomoshabinlar teatrlari festivali (to‘rtinchi marta).

Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilar festival o‘tadigan yilning 1 fevraliga qadar festivalning maxsus elektron manzili orqali ariza berishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!