Toshkentda go‘zallik salonida ishlaydigan ayol 52 000 dollaridan ayrildi

Toshkentda go‘zallik salonida ishlaydigan ayol 52 000 dollaridan ayrildi

3 iyul kuni Yakkasaroy tumani IIO FMBga Muqimiy ko‘chasida joylashgan go‘zallik saloni ishchisi 29 yoshli Umida M.dan ariza kelib tushdi. U joriy yilning fevral oyida Janubiy Koreyadan manikyur va kiprik o‘stirish moslamasi olib kelish maqsadida undan 52 ming AQSh dollari olgan tanishi 28 yoshli Sohiba R.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi. Umida haligacha moslamani ham, pullarni ham olmagan. Ma’lum bo‘lishicha, Sohiba pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 4 qismi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Shu kunning o‘zida shu kabi ariza Yashnobod tumani IIO FMBga ham kelib tushgan. Unda MCHJlardan birining rahbari 43 yoshli Toirbek U. boshqa MCHJ rahbari bo‘lmish 64 yoshli Muhiddin K. va Ibodulla A.larga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Arizaga ko‘ra mazkur shaxslar Germaniyadan chiqindilarni qayta ishlash moslamasini olib kelish bahonasida arizachidan joriy yilning 3 fevral kuni 15 000 AQSh dollari olishgan. Biroq Muhiddin va Ibodulla va’dalarida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganlar.

Ushbu fakt asosida Yashnobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!