Toshkentda falokat: 3 kishi kasalxonada, qiz bola vafot etdi

Toshkentda falokat: 3 kishi kasalxonada, qiz bola vafot etdi

11 avgust kuni taxminan soat 21.30 da Qushbegi massivida 19 yoshli Toshkent viloyatilik D.M. “Cobalt” rusumli avtomobilni boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

YTH natijasida haydovchi va uning uch nafar yo‘lovchilari – 20 yoshli N.B., D.SH. va A.K.lar badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilganlar. Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, A.K. shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Marhumaning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!