Toshkentda er-xotinning umumiy mulki bo‘lgan uylar taqsimlandi

Toshkentda er-xotinning umumiy mulki bo‘lgan uylar taqsimlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 28.05.2020 yildagi 2-1002-1906/32341-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor O.Ileshovdan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Aviasozlar-3 mavzesida joylashgan xonadonlardan biri va  Yashnobod tumani, Birlashgan 5-tor ko‘chasida joylashgan uyga nisbatan umumiy mulkning taqsimlanishidan kelib chiqqan 453 mn. 391 ming 788 so‘m farq  Z.Ileshova foydasiga undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Yashnobod tuman bo‘lim davlat ijrochisi D.Axtamov ish yurituviga 23.06.2020 yilda berilgan bo‘lib, ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonununining 23-moddasiga asosan, 101120023527-sonli ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan. Tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga 15 kun ixtiyoriy muddat berilib, agarda qarzdorlik to‘lanmagan taqdirda qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan ko‘char va ko‘chmas qimmatliklar belgilangan tartibda xatlanilib, realizasiya qilinishi haqida ogohlantirildi.

Bo‘lim tomonidan 26.06.2020 yilda undiruvchi Z.Ileshovaga 453 mn. 391 ming 788 so‘m naqd pul mablag‘lari davlat ijrochisi tomonidan undirilgan. Yuqoridagilarga asosan ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!