Toshkentda yengil avtomobil yonib ketdi

Toshkentda yengil avtomobil yonib ketdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 27 may kuni soat 11:45 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy-Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab, TXAY ko‘chasi tomon haydovchi 1988 y.t. A.G‘. (erkak) “VAZ-2107” rusumli transport vositasida harakatlanayotib, 2-sonli tug‘ruqxona qarshisiga yetgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelganligi sababli haydovchi yo‘l chetiga to‘xtagan.

Haydovchi va avtomobil salonidagi yo‘lovchi zudlik bilan transport vositasidan tushib, xavfsiz hududga o‘tishgan. Yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur yong‘in yuzasidan FVB Olmazor tumani bo‘limi va Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!