Toshkentda elektrobus yana YTH sodir etdi

Toshkentda elektrobus yana YTH sodir etdi

Kecha, 15 sentyabr kuni Toshkent shahrida elektrobus va Nexia mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, kecha soat 09:23 da Mirobod tumani Sayhun ko‘chasida svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib ketayotgan avtobus oldidan Nexia mashinasi chiqib qolishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatda hech kim tan jarohati olmagan, elektrobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.

“Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!