Toshkentda bepul Wi-Fi taqdim etuvchi operator faoliyat boshladi

17 dekabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida SOLA brendi ostida yangi telekommunikasion Wi-Fi operatori taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq so‘zi muxbiri xabar bermoqda.
Wi-Fi tarmog‘ini tarqatishga mo‘ljallangan mazkur operator Asia Wireless Group kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Tarmoq ayni vaqtda bepul tarifdan tashqari pullik tariflarni ham taklif qilmoqda. Bepul Wi-Fi tarqatilganda foydalanuvchi avvaliga operator tomonidan taqdim etilgan reklamani ko‘rishi kerak bo‘ladi. Reklamalardan xoli tarmoqni esa pullik xizmat orqali sotib olish mumkin.
Kompaniya direktori Behzod Ahmedovning ta’kidlashicha, SOLA tarmog‘i ayni vaqtga qadar Toshkent shahrining Janubiy va Shimoliy vokzali, Samarqand Darvoza , Mega Planet , Parus , Vega Centre kabi ko‘ngilochar savdo markazlari, Chilonzor , Qatortol , Yunusobod va Parkent bozorlari ishlamoqda. Kelgusida bu kabi hududlar yanada kengaytirilishi kutilmoqda.
Kompaniya yaqin rejalariga ko‘ra, O‘zbekistoning sayyohlik oqimi yuqori bo‘lgan shaharlarida bepul Wi-Fi tarmoqlarini joriy etishni rejalashtirmoqda.