Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak qo‘lga olindi

Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi voyaga yetmaganga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganligi haqidagi xabarlar tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, holat joriy yilning 7 iyun kuni taxminan soat 17.00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida sodir etilgan.

1968 yilda tug‘ilgan X.A. voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan L.S.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!