Toshkentda 10 ming dollar evaziga Haj vizasi qilib bermoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Toshkentda 10 ming dollar evaziga Haj vizasi qilib bermoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda 2023 yilning 2 iyun kuni fuqaro “T.I.” ning arizasida keltirilgan vajlarni tekshirib ko‘rish maqsadida, Toshkent shahar, Uchtepa tumanida joylashgan «A.K.» MCHJ ofisida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, «A.K.» MCHJ rahbari “A.M.” va jamiyat xodimlari “I.I.”, "M.X."lar bir guruhga birlashib, oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro “T.I.”ning ishonchiga kirib, uni aldab, unga yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 10.000 AQSh dollari evaziga “Haj” ziyoratini amalga oshirish uchun “Haj vizasi” qilib berishni va’da qilib, shundan 3.000 AQSh dollarini olgan vaqtda xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!