Toshkent viloyati teleradiokanali tashkil etildi

Toshkent viloyati teleradiokanali tashkil etildi

“Toshkent viloyati teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-18-son, 18.11.2021 y.) qabul qilindi.

📡 Qaror bilan Toshkent viloyati teleradiokanali – “Nurafshon TV” tashkil etildi.

⚠️ Telekanal Toshkent viloyatida islohotlarni amalga oshirishga to‘siq bo‘layotgan omillarni keng jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadi jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi.

🗓 MTRK va “Nurafshon TV”ni texnologik jihozlash uchun olib kiriladigan multimedia, radiotelevizion uskunalar, materiallar, dasturiy ta’minot va ehtiyot qismlar 2024 yil 1 yanvargacha bojxona bojidan ozod qilindi.

☑️ “Yoshlar”, “Navo” va “Kinoteatr” telekanallari ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo‘lgan kanal sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

✅ “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Qishloq xo‘jaligi” tahririyati tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!