Toshkent viloyatida «Yagona buyurtmachi xizmati» DM bosh yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning dekabr oyida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida foydalanishga topshirilgan yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi bo‘yicha prokuratura tomonidan qurilishga oid tekshiruv ishlari olib borilganda, 176 mln so‘mlik kamomad aniqlanadi va qurilishni amalga oshirgan MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hujjatli taftish tekshiruvi tayinlanadi.
Bundan boxabar bo‘lgan, Toshkent viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi bosh yuriskonsulti o‘zining mansabdor tanishlari orqali taftish tekshiruvi natijalarini ijobiy hal qilib berish evaziga MCHJ rahbaridan 8400 AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh yuristkonsult kelishilgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.