Toshkent va Vyetnamning Nyachang shaharlari o‘rtasida doimiy aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkent va Vyetnamning Nyachang shaharlari o‘rtasida doimiy aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Iyun oyidan boshlab Toshkent va Vyetnamning Nyachang shahri o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prestige Travel asoschisi Oybek Ahmedov O‘zbekiston va Vyetnam tadbirkorlari uchrashuvida ma’lum qildi.

“Mamlakatimiz aholisi uchun hamyonbop turpaketlarni ishlab chiqish va ularning sifatli sayohatlarini tashkil etish, shuningdek, Vyetnamdan O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar sonini keskin oshirish bo‘yicha yangi loyihalar ustida ishlayapmiz. Xususan, iyun oyidan boshlab Toshkent va Vyetnam Nyachang o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi”, dedi Oybek Ahmedov.

O‘tgan yili Prestige Travel 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik uchun Vyetnamga sayohat uyushtirdi, shuningdek, minglab vetnamliklarni O‘zbekistonga olib kelishga muvaffaq bo‘ldi.

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar soni 2 million nafarga, turistik xizmatlar eksporti esa 650 million dollardan ortiqni tashkil etdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!