Toshkent va Dehli o‘rtasida parvozlar soni oshiriladi

Toshkent va Dehli o‘rtasida parvozlar soni oshiriladi

17 avgustdan Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi Dehli-Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar sonini haftasiga 4 martadan 7 martagacha oshirmoqda. Parvozlar har kuni Airbus 320 rusumidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

IndiGo aviakompaniyasi 2023 yil 22 sentyabrdan O‘zbekistonga muntazam parvozlarni boshlagan. Hozir Hindiston aviakompaniyasi dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.

IndiGo - bosh qarorgohi Gurgaonda (Hindiston) joylashgan hind xususiy arzon aviakompaniyasi. Kompaniya doimiy reyslar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!