Toshkent-Termiz yo‘lida Nexia yonib ketgan. Hodisa tafsilotlari

Toshkent-Termiz yo‘lida Nexia yonib ketgan. Hodisa tafsilotlari

3 mart kuni Sirdaryo viloyati M-39 yo‘lining Toshkent-Termiz 937-km.da harakatlanib ketayotgan 52 yoshli fuqaro SH.X. boshqaruvida bo‘lgan Nexia avtomobilining motor qismida nosozlik sezib, to‘xtagan vaqtida avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan. Davlat yong‘in xavfsizlik xizmati matbuot xizmati hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in boshlangan vaqtda xaydovchi va 4 nafar yo‘lovchi 2 nafar yosh bolalari bilan (2009 va 2018 y.t) avtomobildan tushib qolishga ulgurishgan. Hech kim tan jarohati olmagan.

Yong‘in oqibatida avtomobil zararlangan. Yong‘inni bartaraf etishga 1 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilgan.

Avtomobilning mator qismidagi elektr simlarining qisqa tutushuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea sodir bo‘lgan joydan yong‘in o‘chirish qismigacha bo‘lgan masofa 19 km.ni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!