Toshkent shahridan eng ko‘p aholi qaysi viloyatlarga ko‘chib ketgani ma’lum qilindi

Toshkent shahridan eng ko‘p aholi qaysi viloyatlarga ko‘chib ketgani ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 4813 kishini tashkil etgan.

Toshkent shahridan ko‘chib ketish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 80 kishiga (1,6 foizga) kamaygan.

Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:

Toshkent viloyati – 3611 kishi

Qashqadaryo viloyati – 194 kishi

Samarqand viloyati – 130 kishi

Xorazm viloyati – 117 kishi

Surxondaryo viloyati – 117 kishi

Buxoro viloyati – 112 kishi

Navoiy viloyati – 88 kishi

— Qoraqalpog‘iston R. – 88 kishi

Jizzax viloyati – 82 kishi

Farg‘ona viloyati – 82 kishi

Andijon viloyati – 76 kishi

Sirdaryo viloyati – 70 kishi

Namangan viloyati – 46 kishi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!