Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida necha nafar shaxsga nisbatan oqlov qarorlari chiqarilgan?
Bugun, 29 oktyabr sanasida Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar ma’muriy sudi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish maqsadida OAV vakillari uchun brifing tashkil qilindi.
So‘zga chiqqan Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xodjakulov mazkur brifing Prezidentimizning 2020 yil 30 iyundagi topshirig‘iga muvofiq tasdiqlangan Toshkent shahrida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyadan holi xududga aylantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sudlar faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini oshirish maqsadida o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
Shuningdek brifingda Toshkent shahar ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Shuhrat Abbasov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Akbarali Turabov, Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Maqsudbek Saidov ishtirok etishdi.
Brifingda Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari Akbarali Turabov jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudlari tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida 6.159 nafar shaxsga nisbatan 4.852 ta jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangani va o‘tgan yilga nisbatan ko‘rib tamomlangan ishlar soni 1.940 taga (40,0%), javobgarlikka tortilgan shaxslar soni esa 2.434 nafarga (39,5%) ko‘payganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, sudlar tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida jami 110 nafar shaxsga nisbatan oqlov qarorlari chiqarilgan, 1.051 (598) holatda tergov organi tomonidan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.
Jinoyat oqibatida yetkazilgan 195,8 mlrd. so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rnini qoplagan 354 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
2.866 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan, 718 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.
1.498 nafar shaxs muddatidan ilgari jazodan (qamoqdan) ozod qilingan, 95 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilroq jazo bilan almashtirilgan.
Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilikning kafilligi asosida jami 128 nafar shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki qonunda nazarda tutilganidan ko‘ra yengilroq jazolar tayinlangan.
Jinoyat ishlarining 2.438 tasi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 1.306 tasi uncha og‘ir bo‘lmagan, 2.122 tasi og‘ir va 293 tasi o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarni tashkil etgan.
Ko‘rib tamomlangan 3.634 ta ish bo‘yicha 4.883 nafar shaxsga nisbatan hukm chiqarilgan, 1.227 nafar shaxsga nisbatan 1.101 ta ishlar tugatilgan. Shundan 1.223 nafar shaxsga nisbatan 650 ta ish taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatilgan.
Sudlangan shaxslarning 552 (11,3%) nafariga jarima, 1.115 (22,8%) nafariga axloq tuzatish ishlari, 1.130 (23,1%) nafariga ozodlikni cheklash, 1.723 (35,2%) nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 69 (1,4%) nafariga majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan bo‘lsa, 147 (3,0%) nafar shaxs shartli hukm qilingan.
Sudlanganlarning 481 nafarini (9,8%) ayollar, 100 nafarini (2,0%) voyaga yetmaganlar, 2.197 nafarini (45,0%) yoshlar, 97 nafarini (1,9%) 60 yoshdan oshgan erkaklar, 37 nafarini (0,7%) chet el fuqarolari va 23 nafarini (0,4%) tadbirkorlar tashkil etgan.
1.536 (1.061) nafar muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan takroran jinoyat sodir etilgan.
Shuningdek, jazoni ijro etish muassasasining mahkumga tayinlangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish (JK 74-modda) haqidagi 105 ta iltimosnomasidan 95 tasi, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JK 73-modda) haqidagi 1.575 ta iltimonomasidan 1.498 tasi qanoatlantirilgan.
Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari Akbarali Turabov olib borilayotgan profilaktika ishlari haqida ham ma’lumot berdi:
— Davlat rahbari tomonidan sudlar oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, o‘tgan davr mobaynida 1.686 ta (34,7%) jinoyat ishlari sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan. Jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida 3.282 ta (67,6%) sudning xususiy ajrimlari chiqarilgan, sud amaliyoti yuzasidan 14 ta umumlashtirish qilinib, natijasi yuzasidan tuman sudlariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan.
O‘z navbatida sohalar bo‘yicha jinoyatchilik sodir qilingan ahvoli yuzasidan Toshkent shahar Sog‘likni saqlash bosh boshqarmasiga, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasiga va Toshkent shahar IIBBga taqdimnomalar chiqarilgan.
“Mening mahallam – mening sudyam” g‘oyasi asosida sudyalar o‘zlariga biriktirilgan Toshkent shahridagi 524 ta MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan sayyor uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqdalar.
Toshkent shahar sudining ish rejasiga kiritilgan “Ayollar daftari” asosida Toshkent shahridagi barcha mahallalarga sudyalar biriktirilgan va doimiy ravishda ishlar olib borilmoqda.
- 779 ta xuquqiy yordamga muxtoj ayollar sudyalar tomonidan qabul qilinib, ularning barchasiga huquqiy tushuntirishlar berildi.
HUQUQBUZARLIK SODIR QILGANLARNING QANCHASINI YOSHLAR TASHKIL QILADI?
Qolaversa, brifingda Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rilishi yuzasidan ham axborot berildi. Toshkent shahar va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlari tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida 60.993 (41.343) nafar shaxsga nisbatan 53.379 (36.457) ta ma’muriy ishlari ko‘rib tamomlangan va o‘tgan yilga nisbatan ko‘rib tamomlangan ishlar soni 16.922 taga (31,7%), shaxslar soni esa 19.650 nafarga (32,2%) ko‘paygan. Ko‘rib tamomlangan 41.979 (28.296) ta ish bo‘yicha 48.169 (32.155) nafar shaxsga nisbatan qaror chiqarilgan, 12.824 (9.188) nafar shaxsga nisbatan 11.400 (8.161) ta ishlar tugatilgan.
Ma’muriy huquqbuzarlikka tortilgan shaxslarning 36.859 (76,5%) nafariga jarima, 430 (0,8%) nafariga maxsus huquqdan mahrum qilish, 10.880 (22,5%) nafariga ma’muriy qamoq jazolari tayinlangan.
Tugatilgan ishlardan 2.701 (1.724) nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 21-moddasi qo‘llanilib ogohlantirilgan, 10.123 (7.464) nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasiga ko‘ra tugatilgan.
Ko‘rib tomomlangan materiallar 5.060 (1.900) nafar shaxsga nisbatan, shundan 3.736 (1.465) nafar shaxsga nisbatan qanoatlantirilgan, 1.324 (435) nafar shaxsga nisbatan rad qilingani borasida to‘xtalgan Toshkent shahar sudi raisi o‘rinbosari Akbarali Turabov huquqbuzarlik sodir qilganlar kimlar ekani haqida ham ma’lumot berdi. Unga ko‘ra,
- 10.291 nafarini (21,3%) ayollar,
- 202 nafarini (0,4%) voyaga yetmaganlar,
- 23.505 nafarini (48,7%) yoshlar,
- 2.709 nafarini (3,5%) 60 yoshdan oshganlar,
- 414 nafarini (0,8%) chet el fuqarolari,
- 1.084 nafarini (2,2%) tadbirkorlar tashkil etgan.
MUROJAATLAR SONI 2726 TAGA KO‘PAYGAN
Brifingda 2021 yilning 9 oyi davomida Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 4720 (1994) ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar soni 2726 taga ko‘paygani ham ma’lum qilindi.
— Murojaatlarning 503 ta (298) tasi qanoatlantirilgan, 12 (10) boshqa organga yuborilgan, 3378 (1376) tasiga tushuntirish berilgan. Sud raislarining qabulida esa jami 1053 nafar (shundan 358 tasi sayyor qabuldan) fuqaro murojaat qilib, barchasi ko‘rib chiqilgan. Murojaatlarning 52 tasi (5%) qanoatlantirilgan, 1001 tasiga tushuntirish berilgan. Sud raislarining ommaviy sayyor qabullar o‘tkazish jadvaliga muvofiq joriy yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrining barcha tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan sayyor qabullar o‘tkazilgan, - deydi Akbarali Turabov.