Toshkent shahar «GAI»ga yangi boshliq tayinlangani haqidagi xabar tasdiqlanmadi. Bu lavozim 2 oydan buyon bo‘sh

Toshkent shahar «GAI»ga yangi boshliq tayinlangani haqidagi xabar tasdiqlanmadi. Bu lavozim 2 oydan buyon bo‘sh

Bekmurod Abdullayev Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘i lavozimiga tayinlangani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Bugungi kunda polkovnik Bekmurod Abdullayev Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirmoqda.

IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga esa boshqarma boshlig‘i tayinlanmagan.

Shu yilning mayida Toshkent shahar Yo‘l-harakati xavfsizligi sobiq boshlig‘i Barat Mamenov vazifasidan ozod etilganidan buyon bu lavozim bo‘sh qolmoqda. O‘shanda uning birinchi muovini Ma’ruf Hamroyev ham ishdan olingandi. Iyul oyi boshida bu lavozimni podpolkovnik Baxtiyor Nigmanov egalladi.

Manba: kun.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!