“Toshkent – Samara” yo‘lovchi poyezdining harakati qayta tiklandi

“Toshkent – Samara” yo‘lovchi poyezdining harakati qayta tiklandi

Bugun, soat 19:05 da “Toshkent Markaziy” temir vokzalidan “Toshkent – Samara” yo‘nalishidagi 5-sonli xalqaro yo‘lovchi poyezdi harkati boshlandi.

“Toshkent – Samara – Toshkent” poyezdi haftaning payshanba kuni soat 19:05 da “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va shanba kuni soat 18:14 da Rossiya Federasiyasining “Samara” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

Shuningdek, Samaradan yakshanba kuni soat 16:11 da jo‘nab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga seshanba kuni soat 16:56 da yetib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!