Toshkent—Nukus—Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov bekor qilindi

Toshkent—Nukus—Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnov bekor qilindi

Uzbekistan Airways’ning 3 iyul kuni rejalashtirilgan HY017/HY018 Toshkent—Nukus—Toshkent yo‘nalishidagi qatnovi bekor qilindi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatiga xabar berdi.

Qayd etilishicha, bekor bo‘lgan aviaparvozlar yo‘lovchilari 4 iyul kuni shu yo‘nalishdagi HY011/ HY012 reyslari bilan o‘z manzillariga yetkaziladi.

«Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz», — deyiladi aviakompaniya xabarida.

Shu kuni Nukus—Beyneu—Nukus yo‘nalishida qatnovchi xalqaro yo‘lovchi poyezdining bitta reysi bekor qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!