Toshkent metro vagonida noodatiy harakatlar qilgan yigit jazolandi

Toshkent metro vagonida noodatiy harakatlar qilgan yigit jazolandi

«Instagram» va «Telegram» ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent metrosida o‘spirinning vagon yuqoridagi ushlagichlariga oyoqlari bilan osilib turib, g‘alati ovoz bilan baqirayotgani tasvirlangan video tarqaldi.Toshkent metro vagonida noodatiy harakatlar qilgan yigit jazolandi

«Toshkent metropoliteni» UK xabariga ko‘ra, tergov jarayonida ular 2005 yilda tug‘ilgan A.A. va T.U. ekani, Yunusobod tumanidagi 105-maktabda o‘qishi hamda ushbu harakatni «Instagram» ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasini rivojlantirish, obunachilar sonini ko‘paytirish maqsadida amalga oshirgani aniqlandi.

Ular bilan Ichki ishlar vazirligi Metropolitendagi xavfsizlik boshqarmasi vakillari, poytaxt metropoliteni ma’muriyati, shuningdek, 105-maktab ma’muriyati va ota-onalar ishtirokida tushuntirish suhbati o‘tkazildi. Mazkur holat bo‘yicha ish qo‘shimcha ko‘rib chiqish maqsadida hududiy (yashash joyidagi) voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limiga o‘tkazildi.

Ushbu harakatlar huquqbuzarlik hisoblanadi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 115-moddasiga binoan chora ko‘riladi.

Bundan tashqari, ular O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davrida belgilangan niqob rejimiga rioya qilmay, qoidalarni buzgani uchun ham javobgarlikka tortiladi.

Metropoliten rahbariyati yo‘lovchilarni ogohlikka chaqirib, ulardan metro xizmatlaridan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilishni so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!