Ta’lim sifatini jahon andozalari asosida tashkil etish maqsadida yurtimiz oliy ta’lim muassasalari faoliyatida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik aloqalari ta’lim jarayonidagi integrasiyalashuvga zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Moskva Pedagogika davlat universiteti rektori Aleksey Lubkov javob tashrifi bilan keldi.
Qayd etish lozimki, TDPU hamda MPGU o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari 2017 yilning 12 avgustida imzolangan hamkorlik bitimi asosida bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, 2018 yilning 24 dekabrida TDPU hamda MPDU o‘rtasida o‘zbek-rus ilmiy ta’lim markazlarini ochish to‘g‘risida imzolangan kelishuvga muvofiq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida rus-o‘zbek ilmiy ta’lim markazini ochish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.
Moskva Pedagogika davlat universiteti rektorining tashrifi davomida Toshkent davlat pedagogika universitetida A.F.Losev nomidagi Rossiya-O‘zbekiston ilmiy ta’lim markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim chog‘ida ikkala universitet rahbarlari chiqish qilib, mazkur ilmiy-ta’lim markazlarining pedagogika fani taraqqiyotida muhim o‘rin egallashi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik jarayonida asosiy baza bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlashdi.
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat pedagogika universitetida Moskva pedagogika davlat universiteti bilan hamkorlikda rus tili va adabiyoti fanidan mutaxassislar tayyorlash jarayoni yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, professor-o‘qituvchilar hamda magistrlarning Moskvada malaka oshirishini tashkil etishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori SH.S.Sharipov joriy yilning fevral oyida MPDUda bo‘lib, Moskvaning pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi oliy ta’lim muassasasida U.N.Nishonaliyev nomidagi O‘zbekiston-Rossiya ilmiy ta’lim markazi ochilishida ishtirok etgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
Зеленский, шунингдек, эълон қилинган сулҳ вақтида Россия оммавий ракета ва авиация зарбалари бермаганини, бироқ фронтда жанг ҳаракатлари давом этаётганини таъкидлади.
НУЖ ҳақидаги ҳужжатлар АҚШ президенти Доналд Трампнинг кўрсатмаси билан эълон қилинмоқда, у апрель ойида бу мавзудаги «қизиқарли» маълумотларни ошкор қилишга ваъда берган эди.
1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.
Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.
Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.