Toshkent shahri hokimining tegishli qarori bilan poytaxtdagi bozorlar va savdo majmualarida ko‘rsatiladigan bir qator xizmatlar uchun yangi tariflar joriy etildi. Hujjatga ko‘ra, avtoturargohlar bo‘yicha hamda tijoriy suratga olish xizmatida yangilangan to‘lov tartibi belgilandi.
Qarorga muvofiq, bozorlar avtoturargohlarida engil avtomobillar uchun to‘lov miqdorlari haftaning kuniga qarab farqlanadi. Xususan, shanba–yakshanba kunlari tariflar oshirilgan:
3 soatgacha vaqt uchun 25 ming so‘m,
4 soatdan ortiq vaqt uchun esa 50 ming so‘m undiriladi.
Ish kunlarida esa tariflar pastroq bo‘lib qolmoqda. Yangi tartib bozorlar yaqinidagi tirbandlikni kamaytirish va avtoturargohlar yuklamasini tartibga solish maqsadida joriy etilgan.
Shuningdek, bozorlar va savdo komplekslari hududida tijoriy maqsadlarda video yoki tasvirga olish uchun alohida to‘lov belgilandi. Endilikda videorolik, reklama materiali, klip yoki boshqa tijoriy yo‘nalishdagi suratga olishning bir soati uchun 5 million so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.
Qarorda qayd etilishicha, ushbu tartib ommaviy axborot vositalari hamda xorijiy turistlar tomonidan amalga oshiriladigan suratga olish ishlari uchun qo‘llanilmaydi — ular uchun alohida ruxsat va to‘lov talab etilmaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.