Tolibon qamoqxonalarida bir necha AQSh fuqarolari qolmoqda

Tolibon qamoqxonalarida bir necha AQSh fuqarolari qolmoqda

Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Vakillar palatasining tashqi ishlar qo‘mitasi yig‘ilishida aniq raqam keltirmagan holda aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Davlat departamenti Afg‘onistonda bo‘lgan 175 nafar AQSh fuqarosi bilan aloqada bo‘lib, ulardan 44 nafari ketish istagini bildirgan, ularning parvozlari tayyorlanmoqda. Bu amerikaliklarning bir qismi Afg‘onistonga NATO hamkasblari evakuasiya qilinganidan keyin yetib kelgan.

Ammo Tolibon vakili Zabiulla Mujohid TOLOnews telekanaliga Afg‘oniston qamoqxonalarida AQSh fuqarolari yo‘qligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!