«Tolibon» delegasiyasi ilk bor Tojikistonga tashrif buyurdi

«Tolibon» delegasiyasi ilk bor Tojikistonga tashrif buyurdi

“Tolibon” tashqi ishlar vazirligi delegasiyasi Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati ma’muriy markazi – Xorug‘ shahriga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “Interfaks” “Tolibon” harakati TIV vakili Abdulqahhor Balxiyga tayanib.

Bu harakat vakillarining Tojikistonga tashrifi haqidagi tasdiqlangan birinchi xabardir. Rasmiy Dushanbe bu xabarga hozircha izoh bermadi.

“Tashqi ishlar vazirligi moliya va ma’muriy bo‘lim boshlig‘i Hoji Muhammad Muso Amiriy boshchiligidagi delegasiya Tojikistonning Badaxshon poytaxti Xorug‘ shahridagi Afg‘oniston konsulligiga tashrif buyurdi”, — dedi “Tolibon” TIV vakili ijtimoiy tarmoqlarda.

“Delegasiya konsullik ishlarini baholash bilan birga Afg‘oniston konsulligi binosini sinchiklab ko‘zdan kechirdi va rekonstruksiya ishlarini baholadi. Afg‘onistonning Xorug‘dagi konsulligi binosi yaqinda sodir bo‘lgan qor ko‘chkisi tufayli zarar ko‘rdi”, — dedi Balxiy.

Tashrifning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!