Toliblar Emomali Rahmonni tanqid qilishdi

Toliblar Emomali Rahmonni tanqid qilishdi

Afg‘onistonning yangi hukumati - "Tolibon" harakati vakillari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni mamlakatda demokratiya taqchilligi uchun tanqid qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Tojikiston nomiga keskin fikrlar harakat vakili Inomullo Somongoniy tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan. U Twitterda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon siyosatiga baho bergan.

"U 27 yildan beri prezidentlik qiladi, yana olti yil shu vazifani bajaradi va undan keyin, ehtimol, yana prezident lavozimida qoladi. U rahbarlik qilayotgan mamlakatda saylovlarda ishtirok etishga beshta partiyaga ruxsat berilgan va ularning barchasi hukumatparast partiyalardir. Va bu hurmatli inson Afg‘onistonda saylovlarni o‘tkazish borasida bizga maslahat solmoqchi", — deb yozgan Somongoniy.
Toliblar bundan oldin ham ikki marotaba Tojikistonni tanqid qilgan edi. Hafta boshida Afg‘onistonning yangi saylangan hukumati bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Abdul-G‘ani Barodar Tojikistonni Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishda ayblagan edi.
So‘ngra, bosh vazirning ikkinchi o‘rinbosari Abdul-Salom Xanafiy Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Afg‘onistonda yangi inklyuziv hukumat yaratish lozimligi haqidagi so‘zlarini qoraladi. U Rahmonga AIR ichki ishlariga aralashmaslikni maslahat berib, aks holda, Tojikiston shunga yarasha munosabatga ro‘baro bo‘lishini qo‘yishma qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!