Tokioga xavf yaqinlashmoqda. Olimpiadada ba’zi bahslar qoldirilishi mumkin

Tokioga xavf yaqinlashmoqda. Olimpiadada ba’zi bahslar qoldirilishi mumkin

Ma’lum bo‘lishicha, taqvimni o‘zgartirishga Xonsyu oroliga yaqinlashib kelayotgan kuchli to‘fon asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Biroq tashkilotchilar imkon qadar buning oldini olishga harakat qilib, o‘zgartirmaslikni maqsad qilgan.

“To‘g‘ri, vaziyat qaltis. Biroq hozirda seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan musobaqa jadvalini o‘zgartirish rejamizda yo‘q. Bir ilojini topishga harakat qilamiz, umid qilamanki, o‘yinlar qoldirilmaydi”, deydi Tokio-2020 vakili Masa Takaya jurnalistlarga bergan intervyusida.

Avvalroq, to‘fon tufayli eshkak eshish va kamondan o‘q otish musobaqalari qoldirilgan edi. Xabarlarga ko‘ra, to‘fon Tokioning shimolidan o‘tishi taxmin qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!