Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi

Tojikistonda soat 16:29 da 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari: 39,39 gradus shimoliy kenglik; 69,91 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,3. Chuqurlik 60 km. Zilzila episentri Toshkentdan 217 km janubiy-sharqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)