Tojikistonda 4,3 magnitudali zilzila qayd etildi

Bugun, 26 may kuni Toshkent vaqti bilan 07:34 da (26.05.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 02:34 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zilzila koordinatalari: 37,87 gradus shimoliy kenglik; 73,52 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,3. Chuqurlik 179 km. Zilzila episentri Toshkentdan 528 km janubiy-sharqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)