Tojikiston aholisi 10 million kishiga yetdi

Tojikiston aholisi 10 million kishiga yetdi

Kecha 24 iyul kuni Dushanbe shahrining 2-tug‘ruqxonasida Tojikistonning 10 millioninchi fuqarosi dunyoga keldi, uning ismini Firdavs, deb qo‘yishdi, deyiladi «Xovar» agentligi tarqatgan xabarda. Tojikiston Markaziy Osiyoda aholisi ko‘pligi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallab o‘z pozisiyasini yanada mustahkamladi, deb yozmoqda agentlik.

Chaqaloqning otasi mehnat migranti, onasi uy bekasi. Firdavs ushbu oilaning bosh farzandi bo‘ldi.

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon chaqaloqning ota-oanasini tabriklab, Dushanbe shahri raisiga chaqaloq tug‘ilgan oilani turar joy bilan ta’minlashga ko‘rsatma bergan.

Xabarda aytilishicha, Dushanbe shahri raisi Rustami Emomali Maxfirat Shokirovaga uch xonali uy ajratish bo‘yicha tegishli farmoyishni imzolagan.

Demografiya, aholi bandligi va ijtimoiy statistika bo‘limi boshlig‘i Abduvali Nabizodaning ta’kidlashicha, Tojikiston aholisining 50,7 foizi erkakalar va 49,3 foizi ayollardan iborat. Shuningdek, bolalar va 18 yoshga to‘lmagan fuqarolar soni ahlining 40 foizini tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!