TikTok bosh kompaniya ByteDancedan ajralib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Bloomberg xabariga ko‘ra, TikTok bosh kompaniya ByteDancedan ajralib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, bu TikTok AQSh rasmiylarini ijtimoiy tarmoq mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solmasligiga ishontira olmagan taqdirda oxirgi chora bo‘ladi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi TikTokning ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha hozirgi takliflaridan mamnun emas. Shu bilan birga, mumkin bo‘lgan ajralish hali ham Xitoy hukumati tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)