Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbarlari lavozimidan ozod qilindi

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbarlari lavozimidan ozod qilindi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan:
➖Alisher Kazakovich Inakov O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan;
➖Baxodir Karimovich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
➖Gayrat Xabibullayevich Israilov O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)