Tezkor xabar: Tojikistondan O‘zbekistonga Kalashnikov patronini olib kirayotgan kishi qo‘lga tushdi

Tezkor xabar: Tojikistondan O‘zbekistonga Kalashnikov patronini olib kirayotgan kishi qo‘lga tushdi

Amaldagi qonun xujjatlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi  hududiga tegishli ruxsatlarsiz qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tug‘diradigan boshqa predmetlar (moddalar) olib kirish mumkin emas.
 
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona  posti orqali O‘zbekiston hududiga yashirincha kirib kelayotgan o‘q-dori  to‘xtatib qolindi. Bu hadqa Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.
 
Tojikiston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan yuk poyezdining vagonlaridan biri  bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, mazkur vagonning ko‘z ilg‘amas, xufiya joyiga ayyorona tarzda joylangan    1  dona 7,62mm. kalibrli Kalashnikov avtomatining patroni borligi aniqlandi.
 
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.
 
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklarasiyasiz o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!