Tezkor: O‘zbek-qirg‘iz chegarasida mahalliy aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi

Tezkor: O‘zbek-qirg‘iz chegarasida mahalliy aholi o‘rtasida mojaro kelib chiqdi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida 13 may, payshanba kuni mahalliy aholi o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi. Bu haqda «Sputnik Qirg‘iziston» xabar berdi, deyiladi «Bugun.uz» xabarida.

Ma’lum qilinishicha, Soy (Qirg‘iziston) va Chashma (O‘zbekiston) qishloqlarining ikki aholisi 13 may kuni o‘zaro janjallashgan. Shundan keyin odamlar chegara hududida to‘plangan. Ammo vaziyat tinchlik bilan yakunlangan.

«Mahalliy hokimiyat va huquqni muhofaza qilish idoralari bunga tezkor munosabat bildirdi va fuqarolarni tinchlantirdi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qishloq aholisi yarashtirilganidan so‘ng yig‘ilganlarning barchasi uyiga tarqalgan. Hozirda vaziyat barqaror hisoblanadi.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida davlat chegarasini qonuniy rasmiylashtirishni yakunlash kutilgani ma’lum qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegara hududlardagi muammolarni hal qilgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!